Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-10-26
1. Xizmat haqida
"Kitob orqali" — bu kitobingni sun'iy intellekt (AI) yordamida kichik, 5–10 daqiqalik darslarga bo'lib, har bir bo'limdan qisqa tushuntirish, test va xatolar ustida ishlash imkonini beruvchi shaxsiy ta'lim platformasi.
Platformadan foydalanib, sen ushbu qoidalarga to'liq rozilik bildirasan. Agar shartlarga rozi bo'lmasang, xizmatdan foydalanmasliging mumkin.
2. Kirish va ro'yxatdan o'tish
Platformaga kirish faqat rasmiy Telegram bot yoki Telegram vidjeti orqali amalga oshiriladi.
Bizda alohida parol o'ylab topish yoki saqlash talab qilinmaydi. Shaxsiy hisobing xavfsizligi Telegram'dagi tasdiqlash kodi orqali ta'minlanadi.
3. Kitoblar va mualliflik huquqi
Sen platformaga yuklagan kitobing (PDF, EPUB, DOCX yoki TXT formatida) faqat sening shaxsiy ta'liming va o'qishing uchun ishlatiladi.
Kitobga bo'lgan mualliflik huquqi uning muallifi va noshirida qoladi. Biz yuklangan kitoblarni sotmaymiz, ommaga tarqatmaymiz va boshqa foydalanuvchilarga ko'rsatmaymiz. Aynan shu faylni boshqa odam ham yuklasa, AI qayta ishlamasligi uchun tayyor darslar unga ham ochiladi, lekin sening progressing va ma'lumotlaring hech kimga ko'rinmaydi.
Faqat o'zingda qonuniy bor kitobni yukla. Uchinchi shaxslarning huquqini buzadigan yoki qonunga zid material uchun javobgarlik yuklagan odamda.
4. Sun'iy intellekt (AI) ishlatilishi
Darslar, qisqa konspektlar, tushuntirishlar va test savollarini yaratish uchun kitob bo'limi matni sun'iy intellekt provayderlari — Claude (Anthropic) va Gemini (Google) xavfsiz API'lariga yuboriladi.
Bu AI modellar matnni faqat sen so'ragan dars va savollarni tuzish uchun qayta ishlaydi. Shaxsiy ma'lumotlaring (Telegram profiling, isming) AI ga yuborilmaydi.
5. AI krediti va qo'llab-quvvatlash
AI xarajati uchun kunlik tekin kredit beriladi, uning miqdori o'qish faolligingga bog'liq. Qoidalar va narxlar AI krediti sahifasida.
Loyihani qo'llab-quvvatlash (donat yoki Homiy oyi) ixtiyoriy. Rahmat sifatida qo'shimcha kredit beriladi. To'lov tekshirilgach kredit qo'shiladi; to'lov topilmasa so'rov rad etiladi. Saytda bank karta ma'lumotlari saqlanmaydi, to'lov saytdan tashqarida qilinadi.
Suiiste'mol (botlar, ko'p hisob ochish, yuklash chegarasini aylanib o'tish) bo'lsa hisob bloklanishi mumkin.
6. Hisobni o'chirish
O'zing yuklagan har qanday kitobni istalgan payt o'chirib tashlashing mumkin. Agar hisobingni, profilingni va barcha o'qish tarixingni butunlay o'chirishni istasang, admin bilan Telegram (@Diyor0722) orqali bog'lansang, barcha ma'lumotlaring bazadan butunlay o'chirib beriladi.
7. Shartlarning yangilanishi
Xizmat rivojlanishi bilan ushbu shartlar yangilanishi mumkin. Har qanday o'zgarish shu sahifada sana ko'rsatilgan holda e'lon qilinadi.